1

Serbiya-Vengriya chegarasida aksariyati Afg`oniston va Marokash fuqarolari bo`lgan mingdan ortiq migrantlar qo`lga olindi

Dunyo 26.11.2022, 22:10
Serbiya-Vengriya chegarasida aksariyati Afg`oniston va Marokash fuqarolari bo`lgan mingdan ortiq migrantlar qo`lga olindi

Serbiya polisiyasi Vengriya bilan chegarada tartibsizlik uyushtirgan mingdan ortiq migrantni qo`lga oldi. Ular orasida qurollangan shaxslar borligi aniqlangan. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.

Hodisa 25 noyabr, yarim tunda sodir bo`lgan. Serbiyaning Xorgosh qishlog`ida qochqinlarning noqonuniy lageri aniqlangan.

“Qurol qo`llash bilan bog`liq hodisaga kelsak, polisiya darhol munosabat bildirdi va zarur choralar ko`rildi. Qo`lga olinganlarning aksariyati Marokash va Afg`oniston fuqarolari”, – degan Serbiya polisiyasi rahbari yordamchisi Dragan Vasilevich.

Uning so`zlariga ko`ra, migrantlarning yonidan avtomatik qurollar va pistoletlar topilgan.

Migrantlar Serbiyadan Evroittifoq davlatlariga kirish uchun tranzit sifatida foydalanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1