AsosiyJamiyat
3525

Istanbuldan Farg`onaga uchgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Toshkentga yo`naltirildi

'Istanbuldan Farg`onaga uchgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Toshkentga yo`naltirildi'ning rasmi

Bugun, 26 noyabr kuni Farg`ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli HY-278 Istanbul – Farg`ona reysi Toshkent xalqaro aeroportiga yo`naltirildi.

Shu munosabat bilan, HY-082 Farg`ona – Toshkent reysi qoldirilganini ma`lum qilamiz, deya xabar bermoqda "Uzbekistan airways" axborot xizmati.

Yo`lovchilar bekor bo`lgan qatnov aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

“Uzbekistan airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo`lovchilar xavfsizligi yuqori o`rinda turishini eslatib o`tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar