1

Farg`onada ayol o`zining uch tanishini pichoqladi

Jamiyat 27.11.2022, 21:14
Farg`onada ayol o`zining uch tanishini pichoqladi

Ijtimoiy tarmoqlarida "Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlandi" sarlavhali xabar tarqaldi.

Farg`ona viloyati IIBning ma`lum qilishicha, holat o`rganib chiqildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni Farg`ona shahrida yashovchi M.M.( ayol ) Oltiariq tumani Bozorboshi MFY, “Yashilxiyobon” nomli istirohat bog`ida tanishlari D.B., O.R.  hamda U. R.lar bilan janjallashib,  oshxona pichog`i bilan urib, ularga tan jarohati etkazgan.  

"Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. ga nisbatan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi "m"  bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib,  tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1