Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlarining ayrimlari oylik maoshni o`z vaqtida olmaganliklari bilan bog`liq xabar tarqaldi.
Mazkur holat shaxsan Ichki ishlar vazirining o`rinbosari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig`i B.Abdullaev hamda YHXX boshlig`i O.Saidovlarning nazoratiga olindi. Bu haqda YXHBB xabar berdi.
"Kechiktirilgan maoshlar bugunning o`zida xodimlarga to`lab berilishi ta`minlanadi.
Shuningdek, oylik maosh to`lanishi bo`yicha vazifalarni bajaruvchi xodimlar tomonidan sustkashlikka yo`l qo`yilganligi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi" deyiladi xabarda.
08.12.2022 18:27
Toshkent viloyati YHXBning ayrim xodimlari salkam 3 oydan beri oylik maoshlarini olmagani aniqlandi
