Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topilganligi holati yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harkatlari olib borilgan.
Tekshirish davomida ayolni sobiq turmush o`rtog`i qasddan o`ldirganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha 17 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.