Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13 ming dollardan boshlanadi. Bu haqda Byudjet, iqtisodiy va fiskal siyosat qo`mitasi yig`ilishida “DT Technik” mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori Farhatjon Do`smatov ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, deputatlar Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi va O`zbekiston hukumati o`rtasida Qirg`izistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi bitim loyihasini muhokama qilmoqda.
Farxatjon Do`smatov Chuy viloyatining Moskva tumani, Oq-suv qishlog`ida avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini ta`kidladi. “Dastlabki bosqichda Chevrolet va Isuzu tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Avtomobillarning narxi engil avtomobillar - 13 000 dollardan, yuk mashinalari - 28 000 dollardan bo`ladi. Biz tariflarni oshirayotganimiz yo`q, biz faqat korxonani soliqdan ozod qilishni, O`zbekiston va Qozog`istonda bo`lgani kabi birlamchi turtki berishni so`rayapmiz”, — dedi u.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Qirg`iziston O`zbekiston engil avtomobillarini ishlab chiqaradigan yangi zavod qurilishi joyi haqida qaror qabul qilgan. Loyihani O`zbekistonning "O`zavtosanoat" AK, Qirg`izistonning “DT Technik” mas`uliyati cheklangan jamiyati va "Nur" aksiyadorlik jamiyati amalga oshiradi.
18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...09.12.2022, 09:30
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg`izistonga keldi. Bu haqda "Sputniq Qirg`iziston" xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, Rossiya prezidentini "Manas" aeroportida Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari...02.12.2022, 09:31
Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi 2010 yil iyun voqealari bo`yicha jinoyat ishini ko`rishda davom etmoqda. Bu haqda "24.kg" xabar qildi. Dastlab sudga sobiq prezident Almazbek Atambaev keltirildi. Sudga...17.11.2022, 12:24
Bugun, 17 noyabr kuni Qirg`iziston parlamentida O`zbekiston bilan chegara bo`yicha kelishuvlarni ratifikasiya qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda. Unda prezident Sadir Japarov ham ishtirok etmoqda. Bu haqda...