"Farg`onada erkak homilador ayolini mashinaga solib, yoqib yubordi" (video)

Jamiyat 25.01.2023, 01:36
"Farg`onada erkak homilador ayolini mashinaga solib, yoqib yubordi" (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`onada erkak homilador ayolini mashinaga solib, yoqib yuborganligi haqida videolar tarqaldi.

Holatga Bosh prokuratura rassiy izoh berdi. Prokuratura matbuot kotibining bergan xabariga ko`ra, 2023 yil 24 yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda fuqaro M.U. “Matiz” rusumli avtomashina boshqaruvida homilador turmush o`rtog`i (shar`iy nikoh asosida) 1987 yilda tug`ilgan M.X.ni shifoxonadan yashash xonadoniga olib ketayotgan vaqtida, turmush o`rtog`i uni rashk qilgan holda og`zaki janjallashib kelgan.

M.U. turmush o`rtog`i bilan gaplashib olish maqsadida, avtomashinani Farg`ona shahridagi “Neftchi” stadioni ro`parasida to`xtatgan.

Shu vaqtda, avtomashina orqa o`rindig`ida o`tirgan M.X. (ayol) o`zi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi “benzin” yoqilg`isini dastlab turmush o`rtog`i M.U.ni, keyinchalik esa o`zini va avtomashina saloni ichiga sepib, yoqmoqchi bo`lgan.

Turmush o`rtog`ining ushbu harakatidan qo`rqib ketgan M.U. avtomashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda M.X. yondirgich (zajigalka) bilan o`zini va avtomashinani yoqib yuborgan.

Chaqiruvga asosan hodisa joyiga etib kelgan Farg`ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yong`in tezkorlik bilan o`chirilib, tez-tibbiy yordam bo`limi xodimlari tomonidan avtomashina salonida bo`lgan marhuma M.X.ning yong`in natijasida tug`ilgan o`g`il jinsli chaqalog`ini hayoti saqlab qolingan.

Biroq shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloq shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (O`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1