1

Abdusattorov Germaniyada o`tadigan superturnirda qatnashadi

Sport 30.01.2023, 19:17
Abdusattorov Germaniyada o`tadigan superturnirda qatnashadi

Shu yilning 15-26 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo`yicha "WR Chess Masters" turniri tashkil etiladi.

Sovrin jamg`armasi 130 ming evroni tashkil etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Turnirda umumiy hisobda 10 nafar shaxmatchi sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradi.

Musobaqada Nodirbekdan tashqari, Yan Nepomnyashiy, Anish Giri, So Uesli, Levon Aronyan, Yan-Kristof Duda, Gukesh, Vinsent Keymar, Pragnananda, Andrey Espienko kabi taniqli grossmeysterlar dona suradi.

Eslatib o`tamiz, shaxmatchimiz Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo`yicha o`tgan hafta yakuniga etgan nufuzli «Tata Steel Chess-2023» turnirining "Masters" guruhida 8 ochko bilan ikkinchi o`rinni egallagan edi. Yana bir shaxmatchimiz Javohir Sindorov esa ushbu turnirning “Chellenjer” guruhida 8,5 ochko bilan uchinchi o`ringa sazovor bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1