1

Ukraina Fransiyadan qiruvchi samolyotlar olishi mumkin

Dunyo 31.01.2023, 21:17
Ukraina Fransiyadan qiruvchi samolyotlar olishi mumkin

Fransiya prezidenti uning mamlakati Ukrainaga qiruvchi samolyotlar etkazib berishini istisno etmadi. Emmanuel Makron bu qator shartlar bajarilgan taqdirda amalga oshirilishini aytgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan uchrashuvdan so`ng Fransiya etakchisidan Ukrainaga samolyot berish ehtimoli haqida so`rashgan. Bunga javoban u “amalda hech narsani istisno qilib bo`lmaydi”, – deb javob bergan.

Shu bilan birga Makron qator shartlar bajarilishi shartligini ma`lum qilgan:

  • Qiruvchi samolyotlar etkazib berish eskalasiyaga olib kelmasligi kerak;
  • Ular orqali Rossiya hududiga zarba bermaslik lozim;
  •  Harbiy samolyotlar berilishi fransuz armiyasini zaiflashtirmasligi zarur.

Bundan avval AQSh ham Kievga qiruvchi uchoqlar etkazib berishni ko`rib chiqayotgani to`g`risida xabarlar tarqalgandi. Ammo bu keyinchalik Oq uy tomonidan inkor qilindi.

Ma`lumot o`rnida: Fransiya G`arb davlatlari ichida Ukrainaga tank etkazib berishga rozi bo`lgan birinchi davlat hisoblanadi. Yanvar boshida Parij Kievga AMX-10 RC engil tanklarini berishni e`lon qilgandi. Ular bahorda etib kelishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1