1

Ozarbayjon o`z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi

Dunyo 01.02.2023, 09:01
Ozarbayjon o`z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi

Eron Islom Respublikasidagi vaziyat va Ozarbayjon elchixonasiga qilingan qurolli hujum uyushtirilganini inobatga olib, Ozarbayjon o`z fuqarolariga zarur bo`lmagan taqdirda Eronga bormaslikni, boruvchilarga esa o`ta ehtiyot bo`lishni tavsiya qildi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Eron Islom Respublikasidagi beqaror vaziyat va mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasida sodir etilgan terrorchilik harakatini inobatga olib, Ozarbayjon Respublikasi o`z fuqarolariga Eronga kerak bo`lmagan hollarda tashrif buyurmaslik, tashrif buyuruvchilarga esa nihoyatda ehtiyotkor bo`lish tavsiya etiladi. Hozirda Eron Islom Respublikasida bo`lgan Ozarbayjon Respublikasi fuqarolariga xavfsizlik qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi», — deyiladi TIV xabarida.

Ma`lumot uchun, joriy yilning 27 yanvar kuni Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Hodisa oqibatida elchixona xavfsizlik xizmati rahbari halok bo`lgan, ikki kishi jarohatlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1