Afg`onistonda ayollar ta`limi taqiqlanishiga qarshi chiqqan professor hibsga olindi

Dunyo 03.02.2023, 21:51
Afg`onistonda ayollar ta`limi taqiqlanishiga qarshi chiqqan professor hibsga olindi

“Tolibon” mamlakatda ayollarning ta`lim olishi taqiqlanishiga norozilik bildirib diplomlarini yirtib tashlagan professorni hibsga oldi. Bu haqda Al-Jazeera xabar berdi.

Avvalroq, professor Ismoil Mash`al mazkur diplomlar unga kerak emasligi, chunki Afg`oniston ta`lim olish joyi emasligini aytgandi.

“Agar singlim va onam o`qiy olmasalar, men bu ta`limni qabul qilmayman”, — degandi u.

Mash`alning yordamchisi Farid Ahmad Fazliy professor “Tolibon” hukumati a`zolari tomonidan “shafqatsizlarcha kaltaklangani” va o`ta hurmatsiz tarzda olib ketilganini aytdi. “Tolibon” rasmiysi uning hibsga olinganini tasdiqladi.

“Mash`al domla bir muncha vaqt tizimga qarshi provokasion harakatlarga qo`l urdi. Xavfsizlik idoralari uni tergovga olib ketdi”, — dedi “Tolibon” Axborot va madaniyat vazirligi direktori Abdul Haq Hammad.

Sharhlar