1

Pokiston elchisi O`zbekistondagi missiyasini yakunladi

Jamiyat 03.02.2023, 23:35
Pokiston elchisi O`zbekistondagi missiyasini yakunladi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri  vazifasini bajaruvchi  Baxtiyor Saidov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Pokiston elchisi Sayid Ali Asad G`iloniyni qabul qildi.

TIV ma`lumotiga ko`ra, uchrashuvda O`zbekiston va Pokiston o`rtasida oliy hamda yuqori darajadagi tadbirlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligi ta`kidlandi.

Elchi Baxtiyor Saidovga Jeneva shahrida bo`lib o`tgan Pokiston bo`yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahrida bo`lib o`tgan navbatdagi yig`ilishining samarali natijalarini qayd etdi.

Ta`kidlanganidek, Pokiston bilan hamkorlikning asosiy yo`nalishi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo`lib, bu soha so`nggi yillarda sezilarli darajada faollashmoqda. Jumladan, 2022 yilda tovar ayirboshlash hajmi 131 foizga oshdi, qo`shma korxonalar soni 200 taga etdi.

O`zbekiston TIV rahbari elchining mamlakatimizdagi uch yillik faoliyati muvaffaqiyatli yakunlanganini qayd etib, davlatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qo`shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Sayid Ali Asad G`iloniy, o`z navbatida, Pokistonning O`zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatida har tomonlama yordam ko`rsatilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1