Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritishni va`da qilib, 15 nafar odamni millionlarga “uxlatib” ketishdi

Jinoyat 07.02.2023, 18:20
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritishni va`da qilib, 15 nafar odamni millionlarga “uxlatib” ketishdi

15 nafar fuqaroni ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar bermoqda. 
Departamentning Nurobod tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar G`.E. va E.N. “A.” MFYda yashovchi 15 nafar fuqaroni aldab, ularni Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritib qo`yish evaziga 18 000 AQSh dollari va 81 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan. 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1