1

Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o`g`irladi

Jinoyat 07.02.2023, 23:04
Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o`g`irladi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum shaxs do`kon yoniga o`rnatilgan xayriya qutisini o`g`irlayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma`lum qildi.

Joriy yilning 2 fevral kuni soat taxminan 00.47 larda 20 yoshli Yoqub ismli shaxs Olmazor tumani Qo`shtut mahallasida joylashgan do`kon yonida o`rnatilgan ehson qutisini o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`irlik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ko`rilgan tezkor choralar natijasida ushbu shaxs aniqlanib, qo`lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1