1

Turkiyaga jo`natilgan o`zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan shu vaqtgacha 33 nafar fuqaro jasadini olib chiqdi

Jinoyat 08.02.2023, 23:04
Turkiyaga jo`natilgan o`zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan shu vaqtgacha 33 nafar fuqaro jasadini olib chiqdi

Xabaringiz bor, Turkiyadagi mudhish zilzila talafotlaridan qutqaruv ishlarida O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham qatnashmoqda.

Hatay viloyatida bo`lib turgan o`zbekistonlik qutqaruvchilar oxirgi soatlarda 18 nafar qurbonning jasadini vayronalar ostidan olib chiqdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, biroz avval O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlarining borishi to`g`risida yangi ma`lumotlar kelib tushgan.

“Yaqinda Hatay viloyatida vayronalarni ajratish  paytida qutqaruvchilarimiz yana ikki nafar jabrlanganni tiriklayin olib chiqishdi”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, so`nggi bir necha soat ichida o`zbekistonlik qutqaruvchilar yana 18 nafar qurbonni xarobalar ostidan olib chiqqan. 

Ma`lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv operasiyasi boshlanganidan buyon O`zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo`lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1