1

Yosh hokim o`rinbosarining o`limi sababi ma`lum qilindi

Jamiyat 18.03.2023, 20:27
Yosh hokim o`rinbosarining o`limi sababi ma`lum qilindi

Avvalroq, Xorazm viloyati, Gurlan tumani hokimining o`rinbosari U.Jumagaldievning vafoti haqidagi xabar berilgandi.

Viloyat prokuraturasi uning o`limi sababini ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, Urganch shahar, Baxtli kelajak ko`chasi, 13-yo`lak, 52-uyda yashagan 1990 yilda tug`ilgan Gurlan tumani hokimining o`rinbosari Umidjon Jumagaldiev 17.03.2023 yil soat 01.30 larda 90 029 DAV davlat raqam belgili, «NEXIA 3» rusumli xizmat avtomashinasini 4R160-sonli «Urganch – Gurlan» avtomobil yo`lining Urganch tumani, «O`rta do`rman» mahallasi hududidan o`tgan 9 km.da Urganch tumani tomonga qarab harakatlanib borib, o`zi bilan bir yo`nalishda harakatlanib borayotgan fuqaro Sh.Sobirov boshqaruvidagi «XCMG GR180» rusumli, 90 JA 780 davlat raqam belgili yuk avtomashinasini orqa o`ng tomon g`ildiragiga urib, boshqaruvni yo`qotishi natijasida avtomabil yo`lidan chiqib ketib, yo`l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada  U.Jumagaldiev olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Yo`l-transport hodisasi yuzasidan sud-tibbiy, sud-avtotexnika va sud-trasologik ekspertizalari tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1