1

Parlament tekshiruvi xalqqa nima beradi? Mutaxassis javob berdi

Jamiyat 19.03.2023, 19:37
Parlament tekshiruvi xalqqa nima beradi? Mutaxassis javob berdi

Har qanday demokratik davlatda Parlament nazorati Ijro hokimiyati idoralari faoliyatini nazorat qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xalq vakillarining nazorati jamoatchilik fikri va kuchiga tayangan holda ochiq va oshkoralik asosida amalga oshiriladi.

Xalq hayoti uchun o`tkir va dolzarb masalalarni ko`rib chiqish va hal qilishda parlamentning ishtiroki darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, davlat boshqaruvi faoliyati ham shunchalik samarali bo`ladi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaga ko`ra, endilikda parlament nazoratini amalga oshirish chog`ida Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi a`zolarining hisobotlari ham eshitiladi hamda yo`l qo`yilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko`riladi. Bunda muhim narsa shuki, Vazirlar Mahkamasi a`zosining hisobotini eshitish yakunlariga ko`ra Qonunchilik palatasi uni iste`foga chiqarish to`g`risidagi taklifni O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko`rib chiqish uchun kiritishga haqli bo`ladi.

Ya`ni, o`z vakolatlarni lozim darajada bajarmagan (xalq noroziligiga sababchi bo`lgan) vazir yoki Agentlik, qo`mita rahbarining masalasi xalq tomonidan saylangan deputatlar ham ko`rib chiqilishiga yo`l qo`yilmoqda.

Shuningdek, Oliy majlis palatalariga birgalikda tekshiruv huquqiga ega bo`lgan maxsus komissiya tuzish vakolati beriladi.Parlament tekshiruviga asoslar mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy ta`sir ko`rsatishga qodir bo`lgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni o`rganishaniq belgilanmoqda.

Oliy majlis palatalari vakolatlarini kengaytirish, ularga jamiyat hayotiga ta`sir ko`rsatadigan eng dolzarb masalalarni o`rganish maqsadida tergov o`tkazish vakolati berilishi, xalq orqasidan saylangan vakillarga qo`shimcha imkoniyatlar taqdim etilishi davlatda yanada demokratik boshqaruv kuchayishiga asos hisoblanadi.

Komissiyaning faoliyati, vakolati va tergov olib borish tartibi va yakuni bo`yicha ko`riladigan choralar qonun bilan belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va senatorlariga ahamiyati yuqori bo`lgan masalalarda tekshiruvni amalga oshirish vakolati berilishi xalq talab va ehtiyojlarini aks ettiradigan zamonaviy demokratik huquqiy mexanizmni yuzaga keltiradi.

Narimanov Bekzod Abduvalievich

Toshkent davlat yuridik universiteti bo`lim boshlig`i

Yu.f.f.d.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1