1

Samarqandlik dzyudochi qiz Olimpiada chempionini 40 soniyada mag`lub etib, “Katta dubulg`a” turniri g`olibiga aylandi (video)

Sport 24.03.2023, 21:17
Samarqandlik dzyudochi qiz Olimpiada chempionini 40 soniyada mag`lub etib, “Katta dubulg`a” turniri g`olibiga aylandi (video)

Gruziyaning Tbilisi shahrida o`tayotgan dzyudo bo`yicha “Katta dubulg`a” turnirida -52 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova musobaqa g`olibiga aylandi.

Barcha bellashuvlarni muddatidan avval yakunlab kelayotgan dzyudochimiz finalda ham Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Distriya Krasnichini atigi 40 soniya ichida taslim etdi.

Bu Keldiyorova uchun “Katta dubulg`a” turnirlaridagi to`rtinchi oltin medal hisoblanadi. Ushbu g`alaba orqali u jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yo`lida 500 ochkoni o`z hisobiga qo`shib qo`ymoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1