1

Toshkent madaniyat bosh boshqarmasi mansabdorlari “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonun talablari buzib kelgani aniqlandi

Jinoyat 26.03.2023, 18:03
Toshkent madaniyat bosh boshqarmasi mansabdorlari  “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonun talablari buzib kelgani aniqlandi

Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi mansabdorlari va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Bosh prokuratura tomonidan o`tkazilgan tekshiruvda sobiq Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida o`tkazilgan o`rganishda “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonun talablari buzib kelingani aniqlangan. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan yuqoridagi qonun talablari buzilib, tender tanlovlari o`tkazilmasdan, festival tadbirlarini o`tkazish uchun turli firmalar bilan 20 milliard so`mlik to`g`ridan to`g`ri shartnomalar tuzilgan.

Ushbu festivallar 2022 yilning may—sentyabr oylarida amalda o`tkazib bo`lingan bo`lsa-da, qonun buzilishlarni yashirish maqsadida “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga 24 oktyabr va 3 noyabr kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini o`tkazish haqida nomigagina e`lon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan. 

O`tkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan ishlar va ko`rsatilmagan xizmatlar uchun 8 milliard so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilingani aniqlandi.

Tekshirish natijasiga ko`ra, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1