AsosiyJamiyat
3622

Buxoroda yosh bolali er-xotin attrasionda uchayotgan paytida arg`umchoq buzilib ketdi (video)

'Buxoroda yosh bolali er-xotin attrasionda uchayotgan paytida arg`umchoq buzilib ketdi (video)'ning rasmi

26 mart kuni Buxoro shahridagi “Samoniylar” madaniyat va istirohat bog`ida nosoz karuseldan kichik bolali er-xotin qulab tushdi. Uchalasi ham og`ir yaralangan.

“Iste`molchi Buxoro plyus” Telegram kanali voqea sodir bo`lgan paytda oila suratga olayotgan videoni e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, bolaning bosh suyagida yorilish va miyasi chayqalgan. Erkakning qo`li singan, ayolda ichki organlar gematomalari bor. 

Tegishli tashkilotlar vaziyatni o`rganganida karuselda o`rindiqni kuzovga mahkamlab turuvchi qismi yo`qligi aniqlangan. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar