AsosiyJamiyat

17 yoshida uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan samarqandlik yigit bir yildan keyin topildi

2022 yil 25 fevral kuni Samarqand viloyati, Ishtixon tumani «Chaqar» mahallasida yashovchi...

2022 yil 25 fevral kuni Samarqand viloyati, Ishtixon tumani «Chaqar» mahallasida yashovchi, 2005 yilda tug`ilgan B.Turg`unov yashash uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib bedarak yo`qolgandi.

Shu bo`yicha uning yaqin qarindoshlari ariza bilan murojaat qilishgan.

Holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan qidiruv tadbirlari olib borilgan. 

Samarqand viloyati IIB xabariga ko`ra, 2023 yil 27 mart kuni Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 2-son IIB profilaktika katta inspektori mayor A.Bobonazarov o`zining xizmat hududi bo`lgan Samarqand shahar Yangiqo`rgon mahallasida profilaktik tadbirlarni o`tkazayotgan vaqtida o`smir mahalla hududida yurganligi aniqlangan.

So`ngra u Ishtixon tumani IIB xodimlariga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar