1

O`zgidromet sel kelishi mumkin bo`lgan 9 ta viloyat aholisini ogohlantirdi

Jamiyat 28.03.2023, 12:38
O`zgidromet sel kelishi mumkin bo`lgan 9 ta viloyat aholisini ogohlantirdi

O`zgidromet rahbari Habibullaxo`ja Sherzodxo`ja 29-31 mart kunlari kutilayotgan kuchli yog`ingarchilik sababli respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelish xavfi borligi haqida ma`lum qildi.

Quyidagi hududlarda yashovchilar sel xavfidan ogohlantirilmoqda:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlari;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlari;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlari;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlari;

Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlari;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.

Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`ralmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1