1

Chevrolet uchun asl ehtiyot qismlar ham endi “Uzum Market” marketpleysida

Iqtisodiyot 28.03.2023, 15:14
Chevrolet uchun asl ehtiyot qismlar ham endi “Uzum Market” marketpleysida

"UzAuto Motors" kompaniyasi “Uzum Market” marketpleysining rasmiy hamkoriga aylandi. Gap shundaki, endilikda hamyurtlarimiz avtomobillar uchun asl ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchidan onlayn tarzda, bir kunda etkazib berish sharti bilan buyurtma berish orqali xarid qilishlari mumkin.

Platformada asl moylar, filtrlar, tormoz kolodkalari va boshqa ko`plab turdagi mahsulotlar taqdim etilgan. Chevrolet brendi ostidagi avtomobillar egalari rejali texnik xizmat uchun barcha kerakli ashyolarni qulay va tez xarid qila olishlari uchun UzAuto Motors kompaniyasi Uzum Marketdagi mahsulotlar sonini muntazam oshirib borishni rejalashtirgan.

Uzum Marketdan qilingan buyurtmalarni qo`lga kiritish maqsadida tashkil etilgan maxsus tarqatish punktlar yoki etkazib berish xizmatidan Respublika bo`ylab 29ta shahar aholisi foydalanishi mumkin. Keyingi yil yakuniga qadar, marketpleys o`z faoliyati geografiyasini butun mamlakat bo`ylab 63ta aholi punktiga kengaytiradi – bu avtomobil egalarining o`z avtomobillari uchun barcha kerakli ashyolarni qulay va oson tarzda topishlari, muhimi, tez xarid qilishlari mumkinligini anglatadi.

" UzAuto Motors uchun marketpleys bilan hamkorlik qilish – bu avtohavaskorlar uchun avtomobildan foydalanishda qulaylik yaratishning qo`shimcha imkoniyatidir",- deydi “ UzAuto Motors” AJ tashqi va ichki bozorlarda ehtiyot qismlarni sotish bo`yicha direktori Konstantin Bayshev. – "Aminmizki, avtomobilga xizmat ko`rsatish uchun sifati kafolatlangan avtomobil mahsulotlari avtoulovdan foydalanish muddatini uzaytirish bilan bir qatorda, xizmat ko`rsatishga sarflanadigan vaqt va mablag`larni ham sezilarli tejash imkonini beradi."

" UzAuto Motors mahsulotlarini Uzum Marketda sotib olishning eng asosiy afzalligi – bu ularning aslligi va sifatining kafolati, shuningdek ehtiyot qismlar bozori yoki do`koniga borishga ketadigan vaqtning tejalishidir,- deya qayd etadi Uzum Market bosh direktorining o`rinbosari Akmal Rahimov." – "Shu bilan birga, avto uchun tovarlardan tashqari, bizda boshqa qator mahsulotlar – uy uchun tovarlardan boshlab liboslar, elektronika va maishiy kimyogacha xarid qilish mumkin. Yil oxiriga qadar, ham  UzAuto Motors kabi yirik brendlarni, ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni jalb qilib, assortimentni 800 ming noyob tovar nomigacha kengaytirishni rejalashtirganmiz."

Bugungi kunda Uzum Marketdan butun mamlakat bo`ylab 2000dan ortiq tadbirkorlarning 250 mingdan ortiq noyob mahsulotlari o`rin olgan.

(Reklama huquqi asosida)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1