1

Toshkentda nabira buvisini urib o`ldirib qo`ydi (video)

Jinoyat 29.03.2023, 15:14
Toshkentda nabira buvisini urib o`ldirib qo`ydi (video)

Toshkentda nabira buvisini urib o`ldirib qo`ydi. Qotillik poytaxtning Mirobod tumanida 1991 yilda tug`ilgan erkak tomonidan sodir etildi. 

Qotillikka nabiraning buvisi bilan o`rtasida yuz bergan kelishmovchilik sabab sodir bo`lgan.

Erkak ota-onasi vafotidan so`ng 10 yildan buyon buvisi bilan birga yashab kelayotgan bo`ladi. 

- Buvimning yagona boquvchisi men edim. 2022 yil 9 dekabr kuni uyga aroq ko`tarib kelib, ichdim. Soat 01.20larda buvim uni boshqa xonaga ko`tarib, o`tkazib qo`yishimni so`radi. Buvimni behosdan erga yiqitib qo`yganimda, u mendan norozi bo`lib, jahlimni chiqardi. Men esa mast bo`lganim uchun buvimni necha marotoba urganimni eslolmayman. Keyin divanga olib borib yotqizdim. Qilgan ishimdan pushaymonman, - deydi sudlanuvchi.  

Sudning hukmi bilan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1