AsosiyDunyo
1505

2000 nafar keksa ayol Shveysariya hukumatini sudga berdi

'2000 nafar keksa ayol Shveysariya hukumatini sudga berdi'ning rasmi

Ommaviy ariza "Iqlim uchun kurashuvchi keksa ayollar" tashkiloti tomonidan topshirilgan bo`lib, arizani shveysariyalik 2000 dan ortiq ayol imzolagan. Ularning o`rtacha yoshi 73 yosh ekani qayd etilgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Ayollar hukumatni iqlim o`zgarishiga qarshi etarlicha kurashmaganlikda ayblamoqda.

Shveysariyada iqlim boshqa nuqtalarga nisbatan tezroq isimoqda, arizachilar bu ularning salomatligi, hatto hayotiga xavf solayotganini aytmoqda. Ular suddan hukumatga issiqxona gazlari uchun jarima solishni so`ragan.

Mamlakatning o`zida bu ayollar tashkiloti Oliy sudgacha bo`lgan barcha instansiyalarda mag`lub bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar