AsosiyJamiyat
2683

Qashqadaryoda ikki oila a`zolari o`zaro mushtlashdi (video)

'Qashqadaryoda ikki oila a`zolari o`zaro mushtlashdi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 30 mart kuni ikki oila a`zolari o`rtasida mushtlashuv sodir bo`ldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma`lumot berdi
 

Unga ko`ra, 30 mart kuni Koson tumani “Neko`z” MFYda yashovchi fuqaro A.Z. yashash uyi hovlisida o`g`li A.Sh. va T.A.lar turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Aniqlanishicha, 30 mart kuni soat taxminan 16:10 larda Z.A. oila a`zolari bilan A.Z.ning uyiga kelib, oilaviy nizo sabab, turli uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, qo`lida bo`lgan turli jismlar bilan urib do`pposlab, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar