AsosiyJinoyat

Samarqandda 3 mlrd so`mlik gaz o`g`irlandi

'Samarqandda 3 mlrd so`mlik gaz o`g`irlandi'ning rasmi

Samarqand viloyatida “S.B.” MChJ rahbari T.R. ushbu MChJga tegishli ko`p qavatli binoda gazga noqonuniy ulanib, 2 milliard 840 million so`mlik zarar etkazgani aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Ushbu holat Samarqand IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan “Hududgazta`minot” viloyati filiali xodimlarini jalb qilgan holda o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirda oshkor bo`lgan. 

Xabarga ko`ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar