1

Buxoroda beshta tarixiy yodgorlik buzilishi natijasida qariyb 300 mlrd so`mlik zarar etkazilgan

Jamiyat 27.05.2023, 21:24
Buxoroda beshta tarixiy yodgorlik buzilishi natijasida qariyb 300 mlrd so`mlik zarar etkazilgan

Bosh prokuratura tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida Romitan tumanida o`tkazilgan o`rganishlar davomida, hududda joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga ko`ra jami 291,4 mlrd so`mlik jiddiy shikast etkazilgani aniqlandi.

Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilgani sababli, o`rta asrlarga oid “Tepa 9» arxeologiya merosi ob`ektiga 269,6 mlrd so`mlik, “Qalai Mullabektepa” yodgorligiga 19,7 mlrd so`mlik, “Amirtepa” yodgorligiga 1,1 mlrd so`mlik, “Xo`ja Haqqitepa” yodgorligiga 832 mln so`mlik va “Tepa-5» yodgorligiga 202 mln. so`mlik zarar etkazilgan.

Buxoro viloyat prokuraturasi xabariga ko`ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1