1

Afg`oniston Eronga urush e`lon qildi. Chegaradagi to`qnashuvda qurbonlar bor

Dunyo 28.05.2023, 15:23
Afg`oniston Eronga urush e`lon qildi. Chegaradagi to`qnashuvda qurbonlar bor

Eron va Afg`oniston o`rtasidagi chegara posti yaqinida otishma sodir bo`ldi. Oqibatda ikki eronlik chegarachi va bir “Tolibon” jangchisi halok bo`ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Bir necha kishi ham jarohatlangan hodisaga nima sabab bo`lgani hozircha aniq emas, biroq bu ikki davlat o`rtasida suv huquqlari bo`yicha keskinlik fonida sodir bo`lgan.

Tehron Afg`onistondagi “Tolibon” hukumatini Hilmand daryosidan Eronning qurib qolgan sharqiy hududlariga suv oqimini cheklab, 1973 yilda tuzilgan shartnomani buzganlikda ayblagan, “Tolibon” bu ayblovni rad etgan.

Eron polisiyasi boshlig`i o`rinbosari Qosim Rizoiy “Tolibon” kuchlari xalqaro qonunlar va yaxshi qo`shnichilikka rioya qilmasdan, “Sasoli” nazorat-o`tkazish punktini o`qqa tuta boshlaganini, shundan so`ng  qat`iy javob qaytarilganini aytgan.

O`z o`rnida, “Tolibon” Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Inayatulloh Xovarazmiy Nimroz viloyatidagi Kong tumanining chegara hududlarida Eron askarlari tomonidan otishma boshlanganini da`vo qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1