AsosiyDunyo
2209

Ukraina Moskvaga o`nlab harbiy dronlar uchirdi (video)

'Ukraina Moskvaga o`nlab harbiy dronlar uchirdi (video)'ning rasmi

30 may kuni ertalab Moskvaga dronlar hujum qildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ma`lum qildi

“Shahardagi barcha favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda. Ular hodisa tafsilotlarini o`rganishmoqda. Ayni vaqtda hech kim jiddiy shikastlanmagan. Sizdan faqat rasmiy manbalarga tayanish va tasdiqlanmagan ma`lumotlarni tarqatmaslikni so`rayman”, — deyiladi shahar merining xabarida.

Sobyanin, shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan dron urilgan ikki uyning bir nechta pod`ezdlaridagi aholi favqulodda xizmatlar davomida evakuasiya qilinganini aytdi. Dronlar aynan qaerdagi uylarga zarar etkazganiga Moskva meri aniqlik kiritmadi.

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov Moskvaga yaqinlashayotgan bir nechta uchuvchisiz uchoqlar urib tushirilganini aytdi. Uning ta`kidlashicha, ertalab viloyatning ayrim hududlari aholisi portlash ovozlarini eshitgan, havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushgan.

Baza xabariga ko`ra, Moskva viloyatida o`ndan ortiq dron urib tushirilgan, ularning aksariyati — Istra, Krasnogorsk va Odinsovo tumanlarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar