Joriy yilning 29 may kuni soat 22:30 atrofida Kogon tumani "Sorg`un" mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan A.L. ismli shaxs tumanning "B.Naqshband" mahallasi "Kulolon" qishlog`ida joylashgan Mini futbol maydonchasida o`zaro futbol o`yini vaqtida mahalladoshi, 1996 yilda tug`ilgan H.O. ismli tanishi bilan janjallashib, uning yuz sohasi va tanasining duch kelgan joyiga urib, tepib, og`ir tan jarohati etkazgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Jabrlangan fuqaro H.O. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.L.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.