AsosiyDunyo
2865

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini e`lon qildi

'Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini e`lon qildi'ning rasmi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini e`lon qildi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz". Ukraina bu bayonotlarga izoh bermagan. Harbiy harakatlar kuchayganligi haqida boshqa dalillar ham mavjud emas. 

Rossiya Mudofaa vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Ukraina 4 iyun kuni ertalab janubiy Donesk yo`nalishidagi beshta hududda keng ko`lamli hujumni boshlagan. Rossiya departamentida aytilishicha, Ukraina armiyasi o`z maqsadlariga erisha olgani yo`q.

Rossiya harbiy boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, Ukraina Qurolli Kuchlari strategik zaxiradagi 23 va 31-mexanizasiyalashgan brigadalarni jangga olib kelgan, ularga boshqa harbiy qismlar va bo`linmalar yordam bergan.

Ukraina hukumati uzoq vaqtdan beri yaqinlashib kelayotgan qarshi hujum haqida gapirib keladi va Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni ozod qilishga va`da bermoqda. Shuning uchun ham Rossiya mudofaa inshootlari qurishni davom ettirmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar