AsosiySiyosat
2835

Qatar amiri O`zbekistonga etib keldi

'Qatar amiri O`zbekistonga etib keldi'ning rasmi

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga ilk davlat tashrifini boshladi. Oliy martabali mehmonni kutib olishga faxriy qoravul saf tortdi.

Tashrif davomida O`zbekiston va Qatar o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqiladi.

Bunda, eng avvalo, faol siyosiy muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xo`jaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish e`tibor markazida bo`ladi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ham muhokama qiladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar