1

Surxondaryoda g`alla maydoni yonib ketdi

Jamiyat 05.06.2023, 22:09
Surxondaryoda g`alla maydoni yonib ketdi

Bugun, 5 iyun kuni Jarqo`rg`on tumani “Boymoqli” mahallasi hududida joylashgan “Magnat agroximya ta`minoti” MChJga qarashli g`alla maydonida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limiga soat 14:55 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 15:05 da etib borib, yong`in soat 15:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da batamom o`chirilgan.

Yong`in qutqaruvchilarining say-harakatlari natijasida g`alla maydonining 0,3 gektarlik qismi saqlab qolingan va olovning qo`shni 30 gektarlik g`alla maydoniga o`tib ketishining oldi olingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas`ullari va boshqa mutasaddilar etib borishgan. Yong`in oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.

Birlamchi malumotlarga ko`ra yong`in hududdan o`tgan 10 kVt elektr tarmog`ining g`alla maydoniga uzilib tushishi natijasida sodir bo`lgan qisqa tutashuv sabab bo`lgan.

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1