1

Turkmaniston elektron sigaretalarni taqiqlab qo`ydi

Dunyo 06.06.2023, 09:23
Turkmaniston elektron sigaretalarni taqiqlab qo`ydi

Turkmanistonda elektron sigaretalarni sotish taqiqlandi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Turkmennews xabar berdi.

Rasmiylar vaziyatni “qo`lga olishdan” oldin, mamlakatda elektron sigaretalarga taqiq qo`yilishiga qaramay undan foydalanish ko`paygandi. So`nggi paytlarda bir martalik elektron sigaretalar, qayta ishlatiladigan veyp qurilmalari, ular uchun ehtiyot qismlar, suyuqliklarni  sotib olish imkonsiz bo`lib qoldi.

Rasmiy ravishda hech qanday qonunlar chiqarilmagan, tovarlar sinxron ravishda sotuvdan g`oyib bo`lgan. Sotuvchilar og`zaki ravishda xaridorlarga taqiq qo`yilganini aytmoqda.

Ilgari Turkmanistonda elektron sigaretalarni sotib olish juda oson bo`lgan, ular onlayn va oflayn rejimda sotilgan. Xususan, butun Ashxoboddagi, masalan, “100 favvora” hududidagi tungi do`konlar mahsulotni sotishda mashhur joyga aylangandi. Bu muassasalar prezident oilasining qarindoshlariga tegishli bo`lgan.

Manbalarning ta`kidlashicha, hozir ham ushbu do`konlarning ba`zilarida hali ham xaridni amalga oshirsa bo`ladi.

Turkmanistonda rasmiylar uzoq vaqtdan beri tamakidan butunlay xoli davlat maqomiga erishishni maqsad qilgan.

Sigaretalar doimiy ravishda etishmaydi va juda qimmat. 2020 yilda ayollarga sigaret sotish rad etilgani haqida xabarlar paydo bo`ldi. 2022 yil oxirida qonunchilikka rasman o`zgartirishlar kiritilib, sigaret sotib olishning minimal yoshi 18 yoshdan 21 yoshgacha ko`tarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1