1

Shavkat Mirziyoev Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgievani qabul qildi

Iqtisodiyot 06.06.2023, 20:02
Shavkat Mirziyoev Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgievani qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 iyun kuni Samarqand shahrida Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgievani qabul qildi.

O`zbekiston bilan Xalqaro valyuta fondi o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, pul-kredit va fiskal siyosatni takomillashtirish borasidagi islohotlar kabi ustuvor yo`nalishlarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda XVF bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu davrda fondning 70 dan ortiq missiyasi O`zbekistonda bo`ldi, ekspert-texnik ko`mak kengayib bormoqda.

XVF rahbari Kristalina Georgieva Yangi O`zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini to`liq qo`llab-quvvatladi hamda uning amalga oshirilishiga bundan buyon ham ko`maklashishiga tayyorligini bildirdi.

Global iqtisodiyot va barqaror taraqqiyotga oid dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu bilan O`zbekiston Prezidentining Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1