1

Messi faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma`lum qilindi

Sport 07.06.2023, 13:35
Messi faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma`lum qilindi

”PSJ” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini MLSda davom ettiradi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

”Messi ”Inter Mayami”ni tanladi. Boshqa variantlar yo`q. Bu uning manzili”, — deb yozdi jurnalist Ernan Kastilyo o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o`tamiz, ”PSJ“ 2022/2023 yilgi mavsum yakunida Messining ketishini elon qilgan edi. 35 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etdi. Lionel 2021 yilning yozidan buyon jamoada o`ynab kelayotgandi. Argentinalik hujumchi joriy mavsumda ”PSJ” safida barcha turnirlarda 41 ta o`yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1