AsosiyJinoyat

Moskvada "Surxon" klubi futbolchisi giyohvand modda bilan qo`lga tushdi

"Surxon" klubining rossiyalik futbolchisi Shamil Gasanov Moskvada giyohvand moddalar bilan...

"Surxon" klubining rossiyalik futbolchisi Shamil Gasanov Moskvada giyohvand moddalar bilan ushlandi. Bu haqda Shot Telegram kanali xabar bermoqda.

Manbaga ko`ra, 6 iyun kuni sportchi Borovskoe shossesini noto`g`ri joyidan yugurib o`tgan va buning uchun uni Yo`l-patrul polisiyasi to`xtatgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Gasanov asabiylasha boshlaganini payqab, uni tekshirishga qaror qilishdi. Futbolchining cho`ntagidan ko`k rangli izolenta bilan o`ralgan paket topilgan.

Ekspertiza o`ramdagi moddaning mefedron ekanligini aniqladi. Gasanovga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi (“Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda olish, saqlash, tashish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Futbolchi hozirda uy qamog`ida saqlanmoqda.

Ma`lumot uchun, Shamil Gasanov joriy yilning 25 yanvar kuni Maxachqal`aning "Dinamo" klubidan Surxondaryoning "Surxon" jamoasiga kelib qo`shilgandi.

    Boshqa yangiliklar