Qashqadaryoda o`g`il bola jiyanini zo`rlagan erkakka hukm o`qildi

Jinoyat 07.06.2023, 20:46
Qashqadaryoda o`g`il bola jiyanini zo`rlagan erkakka hukm o`qildi

Qashqadaryo viloyatida voyaga etmagan o`g`il jiyanini zo`rlagan erkak 16 yilga qamaldi. Bu haqda  “Ne molchi” kanalida xabar berildi.

Unga ko`ra, 1975 yilda tug`ilgan M.I. 2022 yilning noyabr oyida ikki shisha spirtli ichimlik iste`mol qilib, maktabdan o`rtoqlari bilan qaytayotgan nevara o`g`il jiyanini ko`rib qoladi. U 8 yoshli bolaga do`konda shirinlik olib berib, uyiga chaqiradi. 

Uyida bolani bir xonaning ichkarisiga olib kirib, eshigini ichkari tomondan qulflagan. Unga ikki dona shirinlikni berib, o`zining ustidagi barcha kiyimlarni echib, yalong`och bo`lgan. Voyaga etmagan bola unga eshikni ochishini so`rab yig`laganiga qaramasdan, qo`lidan ushlab erga qarab yotqizgan va majburlab echintirib, orqadan ishqalangan. Ishini tugatib, erkak yana harakatlarini davom ettiradi.

Shu payt xonaga bolaning uyga kelavermaganidan xavotir olgan bolaning otasi va uning yonidagi erkak kirib keladi. Erkaklar M.I.ni jinoyat ustida tutib olishadi va darhol yalang`och erkakni va ishtoni tushirilgan yig`layotgan bolani suratga olishadi. 

Qayd etilishicha, bu suratlar bola yaqinlarining ko`rsatmalari bilan muhim dalil bo`ldi, negaki M.I. aybini tan olmagan. U bola u bilan uyga o`zi kelganini, yalang`och holatini esa go`yoki kiyimlariga hojatini chiqarib qo`ygani uchun almashtirish uchun echinganini aytadi.

Sud-psixologik ekspertizasining xulosasida voyaga etmagan jabrlanuvchi ruhiy va aqliy jihatdan o`z yoshiga mos ravishda xatti-harakatlariga javob bera olishi, bilish jarayonlarida og`ishish yo`qligi, uning bergan ma`lumotlarini ish uchun asos qilib olishi, guvohlik ko`rsatuvi berishi mumkinligi ko`rsatilgan. 

31 may kuni sud M.I.ning aybi to`liq isbotlangan degan xulosaga keladi va unga Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan 16 yil qamoq jazosi berildi. Erkak jazoni umumiy tartibli koloniyada o`taydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1