AsosiyJinoyat

Samarkandda 36 yoshli erkak ayolidan o`ch olish uchun uch nafar bolasini pichoqlab o`ldirdi

'Samarkandda 36 yoshli erkak ayolidan o`ch olish uchun uch nafar bolasini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o`rtog`i bilan telefon orqali kelib chiqqan o`zaro kelishmovchiligi natijasida jahl qilib, undan o`ch olish maqsadida 3 nafar voyaga etmagan farzandini 13, 12 va 10 yoshli, 2 ta qiz va 1 ta o`g`il) oshxona pichog`i bilan qasddan o`ldirgan. 

Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar berishicha, shundan so`ng, u ushbu oshxona pichog`i bilan tanasining chap ko`krak sohasiga bir marotaba urib o`ziga tan jarohati etkazgan.

Hozirda u shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar