2022 yil 12 avgustda Namangan viloyati Pop tumanining “Istiqbol” mahallasidagi ko`p qavatli uyda yashovchi ayol uxlab yotgan erini pichoqlab, g`isht bo`lagi bilan tilla tishlarini qoqib oldi. Su ayolgan 13 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Bu haqda Namangan viloyat sudi sudyasi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ayol g`isht bo`lagi bilan urib, jasadning 4 dona tilla tishini sindirib olgach, uni ikki oyog`ini sonidan, so`ng chap qo`lini elkasidan kesib tashlaydi. Murdani o`rab, boshga qop kiydirib, yana odeyal va palosga o`rab sandiqqa soladi.
Sandiqni kanalga tashlab, marhum erining og`zidan qoqib tushirgan tilla tishlarni 1.400.000 so`mga sotadi.






