AsosiyJinoyat

Jizzaxda "Malibu" haydovchisi o`g`irlangan "nomer" taqib, rekord darajada qoida buzdi (video)

'Jizzaxda "Malibu" haydovchisi o`g`irlangan "nomer" taqib, rekord darajada qoida buzdi (video)'ning rasmi

Jizzax viloyati G`allarol tumanidagi katta yo`lda "sirena" va "migalka" larini yoqib harakatlanayotgan "Malibu" mashinasi inspektorlar tomonidan to`xtatilgan. 

Transport tekshirilganda davlat raqami ushbu mashinaga tegishli emasligi hamda yukxonada yana bir davlat raqami borligi ma`lum bo`ldi. Old oynalari qoraytirilgan va davlat raqam belgisini o`zgartirib harakatlangan haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko`ra, mashinadagi davlat raqami 2022 yilning 14 avgust kuni Toshkent shahri Sirg`ali tumanida joylashgan ustaxonalarning biridan  o`g`irlab ketilgani ma`lum bo`ldi. O`g`irlangan davlat raqami Toshkent shahrida yashovchi fuqaroning "Nexia-1" mashinasi tegishli ekanligi oydinlashdi.  
 

2022 yil 14 avgustdan bugungi kunga qadar "Prado", "Tracker", "Malibu-2", "Lacetti" hamda "Nexia-3" rusumli mashinalarga taqilgan holatda shu bugunga qadar jami 292 ta tezlik oshirganligi bo`yicha qoidabuzarlik sodir etganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar