AsosiyJinoyat

Surxondaryoda MChJ norasmiy rahbari 1 mln dollarlik kredit mablag`lari talon-toroj qildi

'Surxondaryoda MChJ norasmiy rahbari 1 mln dollarlik kredit mablag`lari talon-toroj qildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda “S.L.” va “Q.T.” MChJ norasmiy rahbari U.J. va boshqalar tijorat banki xizmatlar markazidan “S.L.”  MChJga limonchilik uchun issiqxona qurishga maqsadida ajratilgan kreditni “Q.T.” MChJga o`tkazib, amalda zamonaviy issiqxona tashkil etmosdan, soxta hujjatlar orqali ushbu mablag`ni lizing to`lovlari va boshqa maqsadlarga yo`naltirish orqali jami 1 mln AQSh dollarlik mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan  talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Boyovut tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” XK mas`ul shaxslari va boshqalar tijorat banki filialidan xususiy korxonaga ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida ajratilgan 912 mln so`m kreditni boshqa MChJning hisob raqamiga o`tkazib, naqdlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Qo`ng`irot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Qaratal” MFY bo`yicha sobiq hokim yordamchisi Sh.A. 18 nafar fuqaro nomiga chorvachilik va qishloq xo`jaligi texnikasi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali jami 571,3 mln so`mni naqdlashtirib olganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

👉@Department_uz

    Boshqa yangiliklar