AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara bojxona postida 55 kg giyohvandlik vositasi to`xtatib qolindi (video)

'Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara bojxona postida 55 kg giyohvandlik vositasi to`xtatib qolindi (video)'ning rasmi

Viloyat bojxonachilari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda aniqlangan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatida giyohvandlik vositalarini yurtimizga g`ayrioddiy usulda olib kirishga bo`lgan urinish fosh qilindi.  Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi xabar berdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona postiga kirib kelgan engil avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, avtoulovning gaz balloni ichiga turli shakldagi 49 dona va benzin baki ichiga 31 dona polietilen o`ramlar mohirlik bilan yashirilganligi aniqlandi.  

O`ramlar ochib ko`rilganda ularning ichidagi modda Markaziy bojxona laboratoriyasida o`tkazilgan ekpertiza xulosasiga binoan 52 kg. 877 gr. og`irlikdagi “gashish” hamda 2 kg.dan ziyod  “geroin” giyoxvanlik vositasi,  1 dona elim idish ichida modda esa 950 gr. sintetik giyoxvandlik vositasi borligi aniqlandi.  

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar