1

Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan o`smirlarimiz aerоportda munosib kutib olindi!

Sport 29.08.2023, 21:34
Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan o`smirlarimiz aerоportda munosib kutib olindi!

Xabaringiz bor, 23-27 avgust kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahri dzyudo bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Dunyoning 64 mamlakatidan 576 nafar sportchi ishtirok etgan dunyo birinchiligida Tohir Fayziev murabbiyligidagi O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi ham g`oliblik uchun kurash olib bordi. Jamoamiz vakillari musobaqa davomida 6 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi. Sovrinlar quyidagi sportchilarimiz tomonidan qo`lga kiritildi:

Erkaklar:

-66 kg: Inoyat Telmanov

-73 kg: Azamat Ablakulov

-90 kg: Hakimjon Mahkamov

Ayollar:

-44 kg: Laziza Haydarova

-63 kg: Nigina Saparboeva

-70 kg: Mushtariybegim Afzalova  

Mana shunday yorqin natijalar qayd etgan o`smirlarimiz bugun yurtimizga qaytib kelishdi. Sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston dzyudo federasiyasi rasmiylari, yaqinlari va OAV xodimlari tomonidan kutib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1