Toshkent viloyatida “kolodes” ichidan 2 yashar bolaning murdasi topildi

Jinoyat 30.08.2023, 13:51
Toshkent viloyatida “kolodes” ichidan 2 yashar bolaning murdasi topildi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2 yoshli bola quduq ichidan o`lik holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Kecha, 29 avgust kuni soat taxminan 17:30 larda Zangiota tumani “Qahramon” mahallasida yashovchi 2021 yilda tug`ilgan I.U. xonadonidan noma`lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida voyaga etmagan  I.U. o`zining yashash xonadonining tashqarisida joylashgan quduq ichidan o`lgan holda topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1