AsosiyDunyo

Shvesiyada iroqlik muhojir Qur`oni karimni yoqib yubordi (video)

'Shvesiyada iroqlik muhojir Qur`oni karimni yoqib yubordi (video)'ning rasmi

Shvesiyaning Malmyo shahrida Qur`oni karimni yoqish bilan o`tkazilgan aksiyadan so`ng tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda SVT xabar berdi.

3 sentyabr kuni asli iroqlik muhojir Salvan Momika Malmyo shahrida Qur`onni yoqish bilan navbatdagi aksiya o`tkazdi. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, 37 yoshli Momika mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida Vernhemstorget ko`chasida Qur`onni yoqib yuborgan. 

Erkakning harakatlari 200 ga yaqin odamning e`tiborini tortgan. Ulardan biri erkakni to`xtatishga uringan, biroq polisiya uni qo`lga olgan. Aksiya davomida uch kishi hibsga olingan.

Malmyo polisiyasi huquq-tartibot xodimlariga toshlar otilganini va o`nlab mashinalarga o`t qo`yganini ma`lum qilib, yakshanba kuni boshlangan va tun bo`yi davom etgan voqealarni “shafqatsiz tartibsizliklar” deb ta`rifladi.

    Boshqa yangiliklar