1

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-York meri bilan uchrashdi

Siyosat 08.09.2023, 21:13
O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-York meri bilan uchrashdi

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQShning Nyu-York shahri meri Erik Adams va Vashington meri Myuriel Bauzer bilan uchrashdi. Bu haqda u o`zining telegram sahifasida ma`lum qildi.

“Dam olish kuni bo`lishiga qaramay uchrashuv uchun Nyu-York meri Erik Adamsga va samimiy qabul uchun Vashington meri Myuriel Bauzerga alohida tashakkur deymiz”, deb yozgan TIV rahbari. 

Shuningdek, u O`zbekiston delegasiyasi va AQShdagi elchixonasi nomidan AQSh Kongressi kutubxonasida O`zbekiston Mustaqillik kuni bayramini nishonlagan barcha amerikalik hamkorlarga minnatdorlik bildirgan. 

Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi Nikolas Berlinerga  samimiy tabriklari uchun tashakkur izhor etgan.

O`zbekiston delegasiyasining AQShga tashrifi doirasida vazir Saidov AQSh Senatining Ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo`yicha qo`mitasi raisi Gari Piters hamda Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo bo`yicha vise-prezidenti Antonella Bassani bilan uchrashuvlar o`tkazgan.

Shu bilan birga, u o`nlab AQSh kompaniyalari rahbarlari bilan O`zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni muhokama qilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1