2023 yil 11 sentyabr kuni O`zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish jarayoni yuzasidan xalqaro seminar bo`lib o`tdi. Ushbu tadbir JST masalalari bo`yicha idoralararo komissiyasi, Koreya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda JSTga a`zo mamlakatlarga ko`ptomonlama muzokaralar doirasida 15 dan ortiq muhim xujjat taqdim etildi.
O`zbekistonning JSTga a`zo bo`lishi bo`yicha Ishchi guruhining 7-yig`ilishini o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik yakuniy bosqichda.
Bundan tashqari, yil yakuniga qadar 10 dan ortiq davlatlar bilan muzokaralarni yakunlash bo`yicha jiddiy choralar ko`rilmoqda.
Tadbir doirasida Fransiya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiya davlatlari elchilari ham O`zbekistonning JSTga a`zoligi muhimligi va ushbu jarayonni to`la qo`llab-quvvatlashini ta`kidlab o`tdilar.
Ma`lumot uchun: O`zbekiston 15 yillik tanaffusdan so`ng 2020 yil JSTga a`zo bo`lish jarayonini yangidan boshladi.