1

2000 dan ziyod sportchi ishtirokida "Challenge Samarkand-2023" sport festivali bo`lib o`tdi

Sport 18.09.2023, 12:40
2000 dan ziyod sportchi ishtirokida "Challenge Samarkand-2023" sport festivali bo`lib o`tdi

Shu yilning 16–17 sentyabr kunlari Samarqand shahrida "Challenge Samarkand-2023" sport festivali bo`lib o`tdi. Mazkur festival "Challenge Family" xalqaro brendi ostidagi triatlon musobaqalaridan iborat bo`ldi.

Bellashuvlar Samarqand turizm markazidagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasi hududida start oldi. "Challenge Samarkand" turnirining suzish bahslari eshkak eshish kanalida 1,9 km masofada tashkil etildi. 86 km masofani o`z ichiga olgan velosport bo`yicha poygalar "Silk Road Samarkand" majmuasidan boshlanib, ikki davradan iborat bo`ldi. Sportchilar Amir Temur haykali, Registon ansambli, Bibixonim madrasasi, Afrosiyob bozoridan o`tib, so`ngra zamonaviy Samarqand ko`chalari bo`ylab harakatlanishdi. Yugurish bosqichi esa «Silk Road Samarkand» majmuasi hududida o`tkazildi va unda sportchilar 21,5 km masofani bosib o`tishdi.

Ushbu musobaqlar doirasida triatlon bo`yicha professional sportchilar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkazildi. Resupblika birinchiligida yurtimizning eng kuchli triatlonchilari mamlakat chempionligi uchun kurash olib bordi. Ta`kidlash kerakki, "Challenge Samarkand-2023" sport festivalida 2000 dan ziyod sportchilar ishtirok etdi. Ular orasida xorijlik atletlar ko`pchilikni tashkil etdi. Xususan, bellashuvlarda Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Janubiy Afrika Respublikasi, Xitoy, Saudiya Arabistoni kabi dunyoning 35 ta davlatidan sport ustalari qatnashdi.

Musobaqaning turli yo`nalishlarida g`olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga mukofotlar topshirildi. Ota-onalarning farzandlari bilan bahslarda ishtirok etgani oilalarda sog`lom turmush tarziga targ`ibotning ifodasi bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1